30 yoshli o‘ng qanot himoyachisining norasmiy debyuti mavsumoldi o‘rtoqlik o‘yinida «Fiorentina»ga qarshi bahsda (2:2) bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, gollandiyalik asosiy tarkibda vinger sifatida maydonga tushdi va 75-daqiqada almashtirildi.
«Men turli pozitsiyalarda o‘ynashga o‘rganib qolganman, shuning uchun bu men uchun normal holat. Bizning jamoamiz juda sifatli, biz kelgusi o‘yinlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz», - deya futbolchining so‘zlarindan iqtibos keltirdi Madrid Universal.
Eslatib o‘tamiz, Denzel Dyumfris «Real»ga yoz boshida «Inter»dan ko‘chib o‘tgandi. Tajribali futbolchining transfer narxi 20 million yevroni tashkil etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi