Live
1
O'zbek

Nacho: "Kukurelya - megatransfer"

Futbol
1 avgust, 17:26
"Real" sobiq himoyachisi ispaniyalik futbolchining Madrid klubiga o'tishini ijobiy baholadi.
Nacho: "Kukurelya - megatransfer"
Foto: Getty Images

"Real" sobiq himoyachisi Nacho Fernandes Mark Kukurelyaning "Chelsi"dan Madrid klubiga o'tishiga munosabat bildirdi.

"Menimcha, bu yerda "megatransfer" so'zi mos keladi. Uning shijoati, 100 foiz o'zini bag'ishlashi, o'z jamoasi uchun doimo kurashish istagi…

U "Real"da o'ynash uchun ideal sifatlarga ega. Bundan tashqari, menimcha, hozir u — jamoaga juda kerak bo'ladigan futbolchi, chunki bunday paytlarda aynan shunday energiya va yuqori intensivlik talab etiladi.

Kukurelyani yaxshi bilaman va, albatta, unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Ishonchim komilki, u "Real"da ham orzularini amalga oshirishda va oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishda davom etadi. Unga ulkan omad tilayman"
, — deya Nachoning so'zlarini keltiradi AS.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar