Live
2
O'zbek

Niderlandiya futbol ittifoqi: «Infantinoga ortiq ishonmaymiz»

Futbol
1 avgust, 16:40
FIFA JCh huquqlarini sotish loyihasidan voz kechganiga qaramay, Yevropa futbol federatsiyalari tinchlanmayapti.
Niderlandiya futbol ittifoqi: «Infantinoga ortiq ishonmaymiz»
Foto: Getty Images

Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) FIFA Jahon chempionati tijoriy huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotishni nazarda tutgan FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasidan voz kechganidan soʻng rasmiy bayonot bilan chiqdi.

«FIFA'ning ushbu taklifdan voz kechganini mamnuniyat bilan qarshi oldik. Bu — muhim va oqilona qaror.

Biz boshidanok UEFA va boshqa Yevropa futbol federatsiyalari bilan birgalikda ushbu loyihaning ham mazmuni biz uchun mutlaqo qabul qilib boʻlmasligini ochiq aytgandik.

Biroq loyihadan voz kechilishi bu masala yopildi, degani emas. Bu jarayonning oʻzi FIFA prezidenti Janni Infantino rahbariyatiga boʻlgan ishonchning tubdan yoʻqolishiga sabab boʻldi. Endi biz uning rahbarligiga ishonmaymiz.

Bu vaziyat FIFA'dagi boshqaruv va rahbarlikning kelajagi haqida jiddiy suhbat oʻtkazishni talab qiladi.

Biz UEFA va boshqa federatsiyalar bilan birgalikda xalqaro futbolda samarali boshqaruv uchun kurashni davom ettiramiz. Unda sport manfaatlari har doim birinchi oʻrinda turishi lozim»
, — deyiladi KNVB bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar