«Barselona» darvozaboni Voytsex Shesnining aytishicha, Ispaniya chempionatida (La Liga) g'olib chiqish Chempionlar ligasini yutishdan muhimroq.
«Bu mening so'nggi mavsumim bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman. Kelajak bo'yicha rejalar tuzmayapman, chunki faoliyatim tugadi deb o'ylagandim, ammo hamon shu yerdaman. Shuning uchun oldindan hech narsa deya olmayman. Flik futbolchilik faoliyatimni davom ettirishimda hal qiluvchi rol o'ynadi.
Levandovski ketganidan keyin jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biriga aylandim va imkonim yetganicha jamoaga yordam beraman. Tajribamdan foydalanib, jamoaga naf keltirishga harakat qilaman.
La Liga Chempionlar ligasidan muhimroq, chunki bu turnir sovrini butun mavsum davomida barqaror o'yin orqali qo'lga kiritiladi», — deya 36 yoshli polyakning so'zlarini keltiradi Marca.
Shesni: «La Liga YCHLdan muhimroq»
Futbol
31 iyul, 10:29
«Barsa» darvozaboni kelajagi va Ispaniya chempionatining muhimligi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi