Live
4
O'zbek

“Real” Vinisiusga shart qo‘ydi

Futbol
31 iyul, 09:35
Madrid klubi braziliyalik vinger bilan shartnomani uzaytirish masalasini ortiq cho‘zmoqchi emas.
“Real” Vinisiusga shart qo‘ydi
Foto: Getty Images

“Real” Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish masalasini yana cho‘zish niyatida emas.

Marca xabariga ko‘ra, klub futbolchining atrofidagilarga yangi bitim bo‘yicha oxirgi taklif berilganini ma’lum qilgan.

Maoshni yana oshirish yoki yangi muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmagan. Madridliklar braziliyalik vinger uchun jamoada mavjud maosh tizimini o‘zgartirishni istamaydi.

Agar Vinisius taklifni rad etsa, klub shu yozda uni sotish variantini ko‘rib chiqadi. 26 yoshli futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar