Bu haqda Ispaniyaning Marca gazetasi xabar berdi.
«Real»ning argentinalik yarimhimoyachisi Franko Mastantuono Ispaniya La Ligasidan Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yarimhimoyachi xizmatlariga bir nechta klub qiziqib qolgan. Italiya futboli grandlari «Napoli», «Milan» hamda «Fiorentina» klublari futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi.
«Qaymoqranglilar» yarimhimoyachining vataniga qaytishiga qarshi va u argentinalikning Yevropada o‘ynashni davom ettirishini istaydi.
Ma’lumot uchun, Franko La Liganing o‘tgan mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 5 ta sariq kartochka oldi va 1 marta maydondan chetlatildi.