Bu haqda Sky Sport nashri xabar berdi.
Madridning «Real» klubi "Manchester Siti" bilan yarim himoyachi Rodrining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Klublar shartnoma shartlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokama qilishni boshladilar. Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning so‘zlariga ko‘ra, «shaharliklar» 30 yoshli futbolchi uchun 75 million yevro talab qilmoqda. «Qaymoqranglilar» 50 milliondan ortiq to‘lashga tayyor, ammo ingliz grandi so‘rovi ularni qanchalik qanoatlantirishi hozircha noma’lum. Muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Rodrining o‘zi faoliyatini «Real»da davom ettirish niyatida. Futbolchi «PSJ»ning shartnoma bo‘yicha rasmiy taklifini ham rad etishga ulgurdi.
Transfermarkt portali ispaniyalikning aktual transfer narxini 55 million yevroga baholamoqda. Amaldagi jahon chempionlari sardorining «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi