«Kristal Pelas» markaziy himoyachi Maksans Lakruaning «Chelsi»ga transfer qilinganini rasman e’lon qildi.
26 yoshli fransiyalik futbolchi 2024 yilning avgust oyida «Volfsburg»dan «Kristal Pelas» safiga kelib qo‘shilgandi. U ikki mavsum davomida London klubi safida 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va jamoa 31 ta o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlashiga hissa qo‘shdi.
Lakrua «Kristal Pelas» bilan Angliya kubogi, Angliya Superkubogi va UEFA Konferensiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda u jamoa vitse-sardori sifatida ham faoliyat olib bordi.
Ma’lumot uchun, Maksans Lakrua 2026 yil mart oyida ilk bor Fransiya milliy jamoasiga chaqirilgan. U Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 60,7 million yevroni tashkil etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi