Yevropa Konferensiyalar ligasi saralash doirasida "Istanbul Bashakshehir" klubi mehmonda "Inter Turku"ga qarshi o'ynadi. Finladiyada kechgan bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoalarning ilk bahsida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Bu bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga chiqib, 77-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullayev esa ikkinchi bo'lim avvalida o'yinga qo'shildi.
YKL saralashi
Inter Turku – Bashakshehir 2:0
Gollar: Touminen 18, Jepta 47
Bashakshehir – Muhammad, Bulut, Bayram, Ba, Operi, Ozdemir (Yildirim, 46), Sari (Sahiner, 77), Gunesh, Brnich (Fayzullayev, 46), Shomurodov (da Kosta, 77), Zelke.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi