«PSJ» va «Monako» yarimhimoyachi Magnes Akliushning transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi.
Insayder Sasha Tavolerining xabar berishicha, parijliklar futbolchi uchun 50 million yevro to'laydi. Aynan shu mablag'ni «Monako» muzokaralar boshlanganidan buyon talab qilib kelayotgan edi.
Avvalroq xabar qilingandek, Akliushning o'zi ham «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishib olgan. Yaqin kunlarda transfer bilan bog'liq barcha rasmiy jarayonlar yakunlanishi kutilmoqda.
Magnes monegaslar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yilning yozidan buyon klubning asosiy jamoasi safida to'p tepib keladi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.