«Bavariya» mavsumoldi tayyorgarlik vaqtidagi navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvini o‘tkazdi. Myunxen klubi «Rottax-Egern»ga qarshi o‘ynab, raqib darvozasiga javobsiz 15 ta gol urdi. Ariyon Ibrohimovich, Armindo Zib va Felipe Chaves dublga erishdi.
Bu jamoalar bunga qadar 4 marta o‘zaro o‘rtoqlik bahsida o‘ynagan. «Bavariya» o‘tkazilgan 5 ta bellashuvda raqib darvozasiga jami 99 bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘rtoqlik o‘yini
Rottax-Egern – Bavariya 0:15
Gollar: Pavich 8, Ibrohimovich 9, 45+2, Chaves 10, 13, Kardoso 45+3, 50, Zib 51, 59, Paliniya 57, Ndiaye 67, Assomo 67, Pavlovich 86, Kimmix 88, Nuray 90+3
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi