Proligada 12-tur bellashuvlari start oldi. "Sho'rtan" (26, 2-o'rin) o'z maydonida Respublika FAni (12, 10-o'rin) qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Kattaqo'rg'on" (24, 3-o'rin) esa TerDUdan (4, 14-o'rin) ustun keldi. Yana bir bellashuvda "Olimpik-MobiUz" (18, 6-o'rin) klubi "Paxtakor" FJni yirik hisobda mag'lub etdi.
Proliga. 12-tur
Paxtakor FJ – Olimpik MobiUz 1:4
Gollar: Begis Kuanishbaev, 17 (0:1), Muhammadnizo Parpiev, 33 (1:1), Muhammadali Zohidov, 51 (1:2), Meyirbek Rejabaliev, 81 (1:3), Abdug'ofur Haydarov, 90+2 (1:4)
TerDU – Kattaqo'rg'on 0:2
Gollar: Davron Anvarov, 15 (0:1), Vagiz Galiulin, 84 (0:2)
Chetlatish: Abubakr Ashurov 59, Nurmuhammad Namozov 78.
Sho'rrtan – Respublika FA 2:1
Gollar: Yuriy Klochkov, 3 (1:0), Javohir Hasanov, 35 (2:0), Behruz Abdusattorov, 65 penalti (2:1)