"Real" klubi hujumchi Karlos Espining transferini rasman e'lon qildi.
Qayd etilishicha, Madrid klubi ispaniyalik 21 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million yevro to'ladi. Espining o'zi esa klub bilan 2031 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Karlos o'tgan mavsumda "Levante" tarkibida barcha turnirlar doirasida 27 o'yinida qatnashib, 13 ta gol urdi. Futbolchi o'tgan mavsumda La Ligada eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Real" bunga qadar Denzel Dyumfris, Bernarzu Silva, Mark Kukurelya, Ibrohima Konate kabi o'yinchilar bilan kelishuvga erishgandi.