Live
1
O'zbek

«Real» Mastantuononi «River Pleyt»ga qo‘yib yubormoqchi emas

Futbol
30 iyul, 11:00
Yosh futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.
«Real» Mastantuononi «River Pleyt»ga qo‘yib yubormoqchi emas
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Franko Mastantuononing «River Pleyt»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.

Insayder Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» 18 yoshli futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishini ma’qul ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, argentinalik yarimhimoyachiga A Seriyaning bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular orasida «Fiorentina» va «Roma» asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rsatilgan.

Avvalroq «Real» Mastantuononi sotib olish huquqisiz ijara asosida boshqa klubga yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Franko Mastantuono 2025 yil yozida «Real» safiga qo‘shilgan. U Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar