«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde klub tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachisi kim ekanini aytdi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi ushbu maqomga sobiq jamoadoshi Jordi Albani munosib deb hisoblashini ta’kidladi.
«Men doim Jordi Albani kuzatganman va uning o‘yinini juda yoqtirganman. Uning uzatmalari va tezligi ajoyib edi. Men uchun u «Barselona» tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachisi», — dedi Balde.
Ma’lumot uchun, Jordi Alba 2012–2023 yillar davomida «Barselona» safida to‘p tepgan. U klub safida 459 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol va 99 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Alba «ko‘k-anorranglilar» bilan 6 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va 1 bor UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.