Live
1
O'zbek

«Real» Rodri uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda

Futbol
30 iyul, 11:15
Madrid klubi yaqin orada «Manchester Siti» bilan muzokaralarni yangi bosqichga olib chiqadi.
«Real» Rodri uchun ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» yaqin vaqt ichida ingliz klubiga 2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan ispaniyalik yarimhimoyachi uchun rasmiy taklif yuboradi.

Avvalroq Rodri «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani, shuningdek, 30 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ikki klub vakillari uchrashuvida transfer bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil amal qiladi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar