Madridning «Real» klubi va Vinisius Junior o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar murakkablashmoqda.
Jurnalist Pepe Alvaresning xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi yangi bitimni imzolash uchun 80 million yevro miqdorida imzo bonusini talab qilmoqda.
Bundan tashqari, Vinisius o‘zining imidj huquqlaridan olinadigan ulushni ham oshirishni istamoqda. Hozirda bu huquqlar 50 foizga teng bo‘lsa, futbolchi uni 80 foizgacha ko‘tarishni so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yilda «Flamengo»dan 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt uni 140 million yevroga baholaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi