Live
1
O'zbek

Yuriy Utkulbayev: "O'yinimiz yaxlit va sifatli chiqmadi"

Eksklyuziv
30 iyul, 15:02
"Kattaqo'rg'on" ustozi TerDUga qarshi bahsdan o'z fikrlarini bildirdi.
Yuriy Utkulbayev: "O'yinimiz yaxlit va sifatli chiqmadi"
Фото: Каттақўрғон ПФК

Proliganing 12-turida Samarqandning "Kattaqo'rg'on" jamoasi safarda musobaqa autsayderi – TerDU mehmoni bo'ldi. O'yin 0:2 hisobida "Kattaqo'rg'on" jamoasining foydasiga hal bo'ldi. Mazkur g'alabadan keyin bu klub hozircha 3-o'rinni band etib turibdi. Ertaga ham tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

"Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi rossiyalik Yuriy Utkulbayev bellashuvdan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

- Aytish kerakki, bugun o'yinimiz yaxlit va sifatli chiqmadi. Negaki, rejalashtirgan ishlarimizning ko'pini amalga oshira olmadik. Lekin eng muhimi — g'alaba qozondik. Quvonarlisi, yigitlar qiyin vaziyatda o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi, sarosimaga tushishmadi, xotirjam himoyalanishdi va keyin o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanishdi. G'alaba — baribir g'alaba. Hatto u unchalik sifatli o'yin bilan qo'lga kiritilmagan bo'lsa ham.

- Jamoangiz uchun o'yin ancha og'ir kechdi.

- Lekin eng muhimi — biz g'alaba qozonyapmiz. Oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Biz ham hali shakllanish jarayonidamiz, jamoamiz yangi. Shuning uchun chempionat davomida ham tarkib va o'yinimizni qayta qurayapmiz. Katta o'yinlarda hamma narsa ham har doim o'xshayvermaydi. Uch nafar futbolchimiz jarohat olgani uchun bugun maydonga tusha olmadi. Shu sababli ayrim yigitlar o'zlariga xos bo'lmagan pozitsiyalarda o'ynashlariga to'g'ri keldi. Albatta, bu ko'p xato qilganimizni oqlamaydi. Ammo baribir g'alaba qozondik, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Endi ishlashda davom etamiz, oldinda hali o'yinlar ko'p.

- Galiulinning o'yini haqida qanday fikrdasiz? O'tgan uchrashuvda ham u zaxiradan maydonga tushib, o'yinga tayyor ekanini ko'rsatgandi.

- U sifatli futbolchi. Jamoamizning zaxirasi unchalik katta emas, qolaversa, jarohatlanganlar ham bor. Shuning uchun uni vaqti-vaqti bilan maydonga tushiramiz, jamoaga yordam berishi uchun.

- U sizlarda o'ynovchi murabbiy hisoblanadimi? Shunday deb eshitganmiz.

- Bugun u maydonga futbolchi sifatida tushdi. U — futbolchi. Yoshi va tajribasini hisobga olsak, albatta, u yigitlarga maslahat bera oladi. Shuning uchun uni mashg'ulot jarayoniga ham jalb qilamiz», - deya bosh murabbiyning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kattaqurgon Kattaqurgon
Bugungi yangiliklar