Londonning “Arsenal” klubi “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraesni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
Insayder Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, ehtimoliy transfer qiymati 88 million yevrodan oshishi mumkin.
“Qarg'alar” rasmiy taklif kelib tushganini qat'iy rad etayotgan bo'lsa-da, ikki klub o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Arsenal” dastlab og'zaki taklif bilan chiqadi, shundan keyin rasmiy taklifni taqdim etadi.
Gimaraes o'tgan mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Bruno 2022 yildan buyon “Nyukasl” safida to'p tepmoqda. Faoliyati davomida u “Audaks”, “Atletiko Paranaense” va Frantsiyaning “Lion” klublarida ham o'ynagan.