"Nyukasl" sobiq bosh murabbiyi Eddi Hau jamoani o'z ixtiyori bilan tark etishga qaror qilgan.
Sky Sports jurnalisti Keyt Daunining xabariga ko'ra, 48 yoshli mutaxassis besh yil davomida klub uchun qo'lidan kelgan barcha ishni bajarganini his qilgani sabab lavozimini tark etgan.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati Hauni qolishga ko'ndirishga uringan, biroq murabbiy o'z qarorini o'zgartirmagan. Ushbu qaror jamoaning natijalari bilan bog'liq emas.
Qayd etilishicha, Hau aslida o‘tgan mavsum yakunida ketishni rejalashtirgan, ammo rahbariyatning iltimosi bilan qolishga rozi bo'lgan edi. Yakunda u murabbiylik faoliyatida tanaffus olishga qaror qilgan.
Shuningdek, mutaxassis bu qarorni taxminan ikki hafta avval qabul qilgan va klubga o'ziga munosib o'rinbosar topish uchun vaqt bergan. Tomonlar yaxshi munosabatda xayrlashgan va ular o'rtasida hech qanday kelishmovchilik yo'q.
Ma'lumot uchun, Eddi Hau "Nyukasl"ni besh yil boshqardi. Uning qo'l ostida jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogi g'olibiga aylangan. Hozirda "qarğalar"ning yangi bosh murabbiyi sifatida Matias Yayssle nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi