Live
3
O'zbek

«Nyukasl» yangi bosh murabbiyini topdi — Romano

Futbol
30 iyul, 05:10
«Qarg‘alar»ni Matias Yayssle boshqarishi kutilmoqda.
«Nyukasl» yangi bosh murabbiyini topdi — Romano
Foto: Getty Images

«Nyukasl Yunayted» Eddi Hauning ketishidan so‘ng yangi bosh murabbiy borasida tanlovni amalga oshirdi.

Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubini boshqarayotgan 38 yoshli germaniyalik mutaxassis Matias Yayssle Angliya klubining asosiy nomzodi hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ilg‘or bosqichga yetgan va kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq Eddi Hau «Nyukasl» rahbariyatiga faoliyatida tanaffus olish istagi borligini bildirib, besh yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar