Live
3
O'zbek

Eddi Hau «Nyukasl»ni tark etdi – Romano

Futbol
30 iyul, 03:59
48 yoshli mutaxassis besh yillik faoliyatidan so‘ng tanaffus olishga qaror qildi.
Eddi Hau «Nyukasl»ni tark etdi – Romano
Foto: Getty Images

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau yaqin kunlarda o‘z lavozimini tark etadi.

Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. The Athletic jurnalisti Devid Ornshteynning ma’lumotiga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis klub rahbariyatini ish faoliyatida tanaffus olish va jamoani tark etish qarori haqida xabardor qilgan.

Hozircha uning ketishiga sabab bo‘lgan omillar rasman oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, Eddi Hau «Nyukasl»ni besh yil davomida boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsum «qarg‘alar» Angliya Premyer-ligasini 12-o‘rinda yakunlagan. Avvalroq Hau «Bornmut» va «Byornli» klublarida ham faoliyat olib borgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar