"Nyukasl" klubi germaniyalik mutaxassis Matias Yayssle bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Qad etilishicha, 38 yoshli murabbiy "qarğalar" bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.
Tez orada "Al Ahli" Matiasning jamoani tark etganini e'lon qiladi. Jidda klubi uning o'rniga allaqachon yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" avvalroq Eddi Hauni iste'foga chiqargandi. Ushbu mutaxassis 5 yil davomida jamoani boshqarib kelgan. Uning qo'l ostida ingliz klubi 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo'lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi