Proliganing 12-turida musobaqa favoritlaridan biri "Sho‘rtan" o‘z maydonida Respublika FA jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning foydasiga hal bo‘ldi va guzorliklar qiyin o‘tgan uchrashuvda muhim uch ochkoni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘yishdi. O‘yindan keyin "Sho‘rtan" ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bosim va bu yosh jamoa, buni kutgandik. Birinchi bo‘limda ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqdik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarga 15 daqiqa sabr qilishlarini, to‘p nazoratini berib qo‘ygani hisobidan jamoa baribir 90 daqiqa bosim qila olmasdi. Yigitlar ozgina bo‘shashdi. 11 metrlik jarima to‘pi va hisob 2:1. O‘yin oxirigacha biz murabbiylar shtabini bosimda ushlab turdi. Uchinchi gol kerak edi, buning uchun imkoniyatlar yaratdik. Afsuski, bo‘sh qolgan darvozaga to‘p kirita olmadik. G‘alaba bilan muxlislarni tabriklayman.
- Raqib tarkibi ancha yosh futbolchilardan tashkil topgan. Jamoangiz esa bu raqibini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Buni tabiiy holat sifatida qabul qilasizmi?
- Ko‘pgina holatlarda hujumga chiqsak, raqib jamoa qo‘pollik bilan to‘xtatib qolaverdi. Hujumga chiqishga biz sekinlik qildik. Markaziy yarim himoya va himoyachilarimiz bosimni ko‘tara olmadi, deyish mumkin. Raqib bosim qilganda to‘pni duch kelgan tomonga tepib yuborilishi bu futbolchining o‘z kamchiligi desa bo‘ladi. Ruhiy ustunlik raqib jamoada edi, ular yosh va yengilroq, shuningdek, tajovuzkorroq futbol ko‘rsatishdi. Birga-bir holatlarda raqibdan ustunlik qilishimiz kerak edi. Ko‘rdingiz, hamma vaziyatlarda ham bunga erisha olmadik. Yosh jamoa yaxshi futbol ko‘rsatdi. Qiyin o‘yin o‘tkazdik.
- To‘pni duch kelgan tomonga tepib yuborilishi bu asosan jamoani hali to‘liq shakllanmaganligidanmi yoki boshqa sababi bormi?
- Ko‘pincha bir yilda jamoa tuzib bo‘lmaydi. Futbolchilarimizni ko‘p qismi birinchi raqam bilan o‘ynashga qodir va raqibni bosimini yengish lozim. Bu ularga qo‘yiladigan talab. Lekin o‘yinchilar bosimni yenga olishmayapti. Bu davrgacha ko‘plari katta bosim va birinchi raqamli bo‘lib o‘ynaydigan jamoada to‘p tepishmagan. Ruhiy tomonlama ham o‘yinchilarimiz xato qilmaslik uchun to‘pni duch kelgan tarafga tepib yuboarairdilar.
- Jamoaga yangi futbolchilarni jalb etishni maqsad qilganmisiz?
- Bizga kurashuvchan, yuqori temp, tezligi bor bo‘lishi kerak bo‘lgan hujumchi kerak. Raqibni 18-19 yoshli himoyachilari hujumchilarimizga nisbatan bosimda yengil chiqib ketishyapti. Shu bois yakka kurashlarda ustunlik qila oladigan, bosimdan qo‘rqmaydigan yaqqol hujumchi jamoamizga yetishmayapti. Ammo bu legioner emas, mahalliy bo‘lishi kerak. Bu futbolchilarni pro liga tempiga, qora mehnat qilishiga ishonmayapmiz va shu bois qidiryapmiz.
- Variantlar bormi?
- Variantlar ko‘p emas. Kutyapmiz. Variant kam. Transfer oynasi yopilgunicha ulgurib qolishimiz mumkin. Bitta hujumchi taklif qilish ustida ishlayapmiz.
- Ikkinchi bo‘limda shogirdlaringiz xotirjamlikka berilgandek taassurot qoldirdi. Tanaffusda shunday ko‘rsatma berilganmi yoki ular o‘zlarini shunday tutishdimi?
- Aytganimdek, 15-20 daqiqa sergaklikni yo‘qotmaslik, bosim uyushtirish, yakka kurashlarda tajovuzkorlik bo‘lishni uqtirganmiz. Ko‘p holatlarda hakamni ham qarorlarini to‘g‘ri bo‘ldi, deb ayta olmayman. Yigitlar ozgina bo‘shashdi va raqibga bo‘sh zonalarni bera boshladik. Shuning uchun o‘zimizni qiyin ahvolga keltirib qo‘ydik", - deya Asror Choriyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Asror Aliqulov: "O‘yin oxirigacha biz murabbiylar shtabini bosimda ushlab turdi"
Eksklyuziv
30 iyul, 15:26
"Sho‘rtan" ustozi Respublika FAga qarshi bahsdan so'ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Андижон ПФК