Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliyaning «Fulhem» klubida davom ettiradi.
Transfer qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, yana 2 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, «Real» futbolchining keyingi transferidan 30 foizlik ulushni saqlab qoladi. Madrid klubi Gonsalo Garsiyani kelajakda birinchi bo‘lib qayta sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi