Live
1
O'zbek

FIFA "Andijon"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha navbatdagi taqiqni qo'ydi

Futbol
30 iyul, 03:45
Klubning bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomasi esa O'zPFLda taqiqdan keyin ro'yxatga olingan.
FIFA "Andijon"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha navbatdagi taqiqni qo'ydi
Foto: FC Andijon

Kecha, 29 iyul sanasida FIFA Intizom qo'mitasi "Andijon" klubiga sobiq murabbiy Mikola Tishenko oldidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ydi.

Agar klub sobiq murabbiy oldidagi qarzdorlikni bartaraf etmasa, uzluksiz uch transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

Bu borada FIFA axboroti kecha, 29 iyul kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga kelib tushgan. "Andijon" klubining bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomasi esa Ligada bu vaqtdan bir muncha keyin ro'yxatga olingan.

FIFA Intizom kodeksining 50-moddasi 1-bandiga ko'ra, qarorlar ular xabar qilingan vaqtdan e'tiboran kuchga kiradi. Shundan kelib chiqib, Liga "Andijon" shartnomasini ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilarni klub FIFA taqiqi masalasini hal etmaguniga qadar Superliga musobaqasi uchun ro'yxatga qo'shmaydi.

Avvalroq FIFA "Andijon"ga Artyom Odinsov bo'yicha qo'yilgan transfer taqi'ini bekor qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar