FIFA «Andijon» klubiga nisbatan qo‘llangan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqini bekor qildi.
Qayd etilishicha, 27 iyul kuni FIFA klub va sobiq futbolchi Artyom Odinsov o‘rtasidagi nizo to‘liq bartaraf etilgani hamda intizomiy jazo bekor qilinganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Intizom qo‘mitasi 16 iyul kuni «Andijon»ga Artyom Odinsov oldidagi qarzdorlik sabab yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlagandi. Endilikda klub transfer bozorida erkin faoliyat yuritishi mumkin.