Live
3
O'zbek

Rasman: Roberto Manchini — Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi

Futbol
28 iyul, 09:37
Mutaxassis ikkinchi marotaba «Skuadra Adzurra»ni boshqaradi.
Rasman: Roberto Manchini — Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi Roberto Manchini mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi etib rasman tayinlanganini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, italiyalik mutaxassis milliy jamoani ikkinchi bor boshqaradi. U avval ham Italiya milliy jamoasida ishlab, jamoani Yevro-2020 chempionligiga olib chiqqan.

Manchini 2023 yilda Italiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab lavozimini tark etgandi. Endi esa u yana «Skuadra Adzurra»ni boshqarishga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini 2018–2023 yillarda Italiya milliy jamoasini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar