Italiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Andrea Pirlo mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga endi nomzod emasligini ma'lum qildi.
Bungacha sobiq yarimhimoyachi bo'sh qolgan bosh murabbiylik lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko'rilayotgani ma'lum qilingan edi. Biroq rossiyalik bukmekerlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma atrofidagi mojaro tufayli bu qaror o'zgargan.
Bundan oldin Pirlo bayonot berib, Rossiya kompaniyasi bilan hamkorligi siyosiy emas, balki tijoriy xususiyatga ega ekanini tushuntirishga uringan edi. Keyinchalik u o'z postini yana bir bor e'lon qilib, unga qo'shimcha bir jumla kiritdi.
"Kecha kechqurun men endi Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod emasligimni bildim", — deb yozdi Pirlo ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi