"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Angliyalik futbolchi "qizil iblislar" va "Roma" o'rtasida fransiyalik yarimhimoyachi Manu Kone transferi bo'yicha ehtimoliy kelishuvga qo'shilishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, transferga Reshfordning yuqori maoshi asosiy to'siq bo'lishi mumkin. Markus hozirda yiliga taxminan 11 million yevro maosh oladi.
Qayd etish lozim, o'tgan mavsumni Markus ijara asosida "Barselona" safida o'tkazdi. U kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 gol urdi va 11 assist amalga oshirdi.
Avvalroq Reshford "Barselona"da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor ekani ma'lum qilingandi.