Live
4
O'zbek

"Roma" rahbariyati Dovbik bilan xayrlashishga tayyor

Futbol
26 iyul, 09:55
Barchasi futbolchining qaroriga bog'liq.
"Roma" rahbariyati Dovbik bilan xayrlashishga tayyor
Foto: Getty Images

"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik yaqın vaqt ichida klubini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

"Bolonya" Ukraina milliy jamoasi hujumchisini ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda. Bugun, 26 iyul kuni 29 yoshli futbolchi klub bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan suhbatlashgan. Mutaxassis Dovbikni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda.

"Roma" rahbariyati ham Artyomni qo'yib yuborishga tayyor. Endi barchasi futbolchining qaroriga bog'liq.

Qolaversa, forvardga "Fiorentina" va "Jenoa" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq "Ayaks" hujum chizig'ini Dovbik bilan kuchaytirmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar