«Roma» klubi «Chelsi» vingeri Jeymi Gittensni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Rim klubi Gittensni diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Klub ilk rasmiy taklifini ham yuborishga tayyorlanmoqda.
Jeymi «Chelsi», «Reding», «Manchester Siti» va «Borussiya D» klublari akademiyalarida tarbiya topgan. U kattalar jamoasida 2022–2025 yillar davomida «asalarilar» sharafini himoya qilgan.
Oʻtgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.