Bu haqda Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti xabar berdi.
Niderlandiyalik mutaxassis Mark van Bommel Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi 2026-yil 15-avgustdan boshlab Mark van Bommel (49) «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qilishdan mamnun. Mark van Bommel Yevro-2028 yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Mark van Bommel murabbiy sifatida «PSV Eyndhoven», «Volfsburg» va «Antverpen» klublarini boshqargan va u yerda ajoyib yutuqlarga erishib, klubni ichki maydonda tarixiy «oltin» dublga olib kelgan: 2022/2023-yilgi mavsumda Belgiya Pro-ligasi va Belgiya kubogida g‘alaba qozongan» - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Belgiya milliy jamoasining yangi murabbiylar shtabiga Budeveyn Zenden, Marten Martens va Reynir Robbemond ham kiradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi