Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi Krisensio Sammervillni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Niderlandiyalik 24 yoshli futbolchi «Vest Hem»dan Riyod klubi safiga kelib qo'shildi. U yangi jamoasi bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Avvalroq «Al Hilol» Sammervill transferi uchun 55 million yevro kafolatlangan mablag' va yana 10 million yevro bonuslar to'lashi mumkinligi xabar qilingandi.
Sammervill o'tgan mavsum barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.