Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Tajribali himoyachi agarda barchasi rejadagidek ketsa, shu yil yozda Londonni tark etmoqchi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Tottenhem» Romeroning transferini 50 mln yevroga baholamoqda — bu narx «Barselona» uchun muammo bo‘lishi mumkin. Himoyachi vakillari shu bilan birga «Inter» klubi bilan ham aloqada bo‘lib turibdi. Argentinalikning o‘zi ham Italiya chempionatiga qaytishga tayyor. «Tottenhem»ga o‘tishdan avval Kristian aynan Italiya chempionatida to‘p tepgan.
O‘tgan mavsumda Romero barcha musobaqalarni inobatga olganda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda.