Bugun
35
O'zbek

«Barselona» Pedro Porro uchun 30 million yevro taklif qilmoqchi

Futbol
22 iyul, 16:35
Kataloniyaliklar «Tottenhem» himoyachisini yozgi transferlar ro‘yxatiga kiritgan.
«Barselona» Pedro Porro uchun 30 million yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi ispaniyalik himoyachi transferi uchun 30 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.

Hozircha «Tottenhem» rahbariyati ushbu taklifni qabul qilishga tayyormi yoki yo‘q, bu borada aniq ma'lumot yo‘q.

Pedro Porro 2023 yilda «Sporting»dan «Tottenhem» safiga 40 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar