«Barselona» afsonalaridan biri Serxio Buskets Kataloniya klubining ikkinchi jamoasi murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin.
Sport.es xabariga ko‘ra, sobiq yarimhimoyachi Juliano Belletti boshqarayotgan «Barselona B» murabbiylar shtabida ish boshlashi kutilmoqda.
Manba ta'kidlashicha, Buskets hozircha murabbiylik litsenziyasiga ega bo‘lmasa-da, klub rahbariyati uni jamoaga taklif etish g‘oyasini ijobiy baholamoqda.
O‘tgan mavsumda «Barselona B» Ispaniyaning to‘rtinchi divizionida 6-o‘rinni egallagan.
Buskets «Barselona» safida 15 mavsum davomida to‘p surib, keyinchalik **«Inter Mayami»**ga ko‘chib o‘tgan va aynan shu klubda professional faoliyatini yakunlagan. U klub miqyosida 840 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta gol va 62 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Ispaniyalik futbolchi klubdagi faoliyati davomida 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida 9 ta La Liga, 7 tadan Ispaniya Kubogi va Superkubogi, 3 tadan UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bor. Shuningdek, MLS muntazam mavsumi, Liga kubogi va MLS kubogida ham bir martadan g‘olib chiqqan.
Qayd etish joiz, Buskets Ispaniya milliy jamoasi safida 143 ta bahsda ishtirok etib, JCh-2010 va Yevro-2012 bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan. Hozircha uning «Barselona B» murabbiylar shtabiga qo‘shilishi rasman tasdiqlanmagan.