Live
2
O'zbek

Sammervill «Al Hilol»ga futbolchisi — Romano

Futbol
22 iyul, 14:50
«Vest Hem» niderlandiyalik vinger transferidan bonuslarsiz 55 million funt ishlab oladi.
Sammervill «Al Hilol»ga futbolchisi — Romano
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Krisensio Sammervill faoliyatini Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubida davom ettiradi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuv to‘liq yakunlangan va futbolchining o‘zi ham transferga rozilik bergan. Endilikda Sammervill tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat olgan.

Romano ta'kidlashicha, so‘nggi 48 soat ichida «Roma» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun oxirigacha kurashgan, biroq yakunda «Al Hilol» transfer poygasida g‘olib chiqqan.

Transfer shartlariga ko‘ra, «Vest Hem» ushbu bitimdan 55 million funt sterling kafolatlangan mablag‘ oladi. Bundan tashqari, kelishuvga yana 10 million funt miqdoridagi bonuslar ham kiritilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar