Bugun
35
O'zbek

Rasman: Zidan 28 iyul kuni Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi

Futbol
22 iyul, 15:33
Afsonaviy mutaxassis 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Rasman: Zidan 28 iyul kuni Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi
Foto: Getty Images

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) kelasi hafta Zinedin Zidanni Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e'lon qiladi. Bu haqda L'Equipe xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassisning tayinlanishi 28 iyul kuni ommaga ma'lum qilinadi. Shu munosabat bilan matbuot anjumani ham o‘tkazilishi mumkin, biroq u aynan o‘sha kunga belgilanishi shart emas.

Xabarda aytilishicha, Zidan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi va bitim 2030 yilgacha amal qiladi.

Avgust oyida yangi murabbiylar shtabi shakllantiriladi. Zidan shtabida avval ham u bilan birga ishlagan David Bettoni va Hamidu Msaidie yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Gregori Dyupon, Fransiya milliy jamoasining sobiq futbolchilari Fabyen Bartez va Bernar Diomed ham shtabdan joy olishi kutilmoqda. Bundan tashqari, milliy jamoa shtabidagi ayol mutaxassislar soni ham ko‘paytiriladi.

Qayd etish joiz, Fransiya futbol federatsiyasi 14 yil davomida milliy jamoani boshqargan Didye Deshamga alohida hurmat bajo keltirishni rejalashtirgan. Biroq mutaxassis federatsiyaning ushbu taklifiga javob bermagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar