Live
4
O'zbek

Erve Renar to‘rtta milliy jamoa bosh murabbiyligiga nomzod bo‘lib turibdi

Futbol
22 iyul, 15:35
Fransiyalik mutaxassisga Janubiy Koreya, JAR, Senegal va Jazoir qiziqish bildirmoqda.
Erve Renar to‘rtta milliy jamoa bosh murabbiyligiga nomzod bo‘lib turibdi
Foto: Getty Images

Fransiyalik mutaxassis Erve Renar milliy jamoalar orasida eng talabgir murabbiylardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tunis milliy jamoasidagi qisqa faoliyatidan so‘ng Renarga birdaniga bir nechta futbol federatsiyalari qiziqish bildirmoqda.

Xususan, Janubiy Koreya futbol federatsiyasi uni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Mahalliy OAVning yozishicha, Renar JCh-2026 guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste'foga chiqqan Xon Myon Boning o‘rnini egallashi mumkin.

Bundan tashqari, fransiyalik mutaxassis Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal milliy jamoalari bosh murabbiyligi uchun ham nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.

Shuningdek, agar Vladimir Petkovich lavozimini tark etsa, Jazoir futbol federatsiyasi ham Renar nomzodini ko‘rib chiqishi mumkin.

Qayd etish joiz, Erve Renar murabbiylik faoliyati davomida Afrika Millatlar Kubogini ikki bor qo‘lga kiritgan. U 2012 yilda Zambiya, 2015 yilda esa Kot-d’Ivuar milliy jamoalarini qit'a chempioniga aylantirgan.

Bugungi yangiliklar