Live
4
O'zbek

De Yong yil oxirigacha safdan chiqdi – manba

Futbol
23 iyul, 15:55
29 yoshli futbolchi ushbu jarohatni Niderlandiya milliy jamoasi yig'inida olgan.
De Yong yil oxirigacha safdan chiqdi – manba
Фото: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong tizzasining ichki yon baylami uzilishi oqibatida 5–6 oy maydondan chetda qolishi mumkin. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli futbolchi ushbu jarohatni Niderlandiya milliy jamoasi yig'inida olgan. Shu sababli u 2027 yil davomida maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq de Yong bosh murabbiy Hansi Flik bilan kelishmovchilik tufayli jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, Frenki «Barselona» safida jami 297 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 20 ta gol va 31 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar