«Napoli» sport direktori Jovanni Manna hujumchi Romelu Lukaku haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, klub forvard bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchi transferga qo‘yiladi.
«Rom ta'tildan qaytgach, uchrashib, uning vaziyatini baholab olishimiz kerak», — deya Mannaning so‘zlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Avvalroq Neapol klubi belgiya 33 yoshli futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uchun, Romelu 2024 yildan beri «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan.