"Chelsi" klubi "Kristal Pelas" himoyachisi Maksens Lakruani o'z safiqa qo'shib olish ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqida Sky Sports xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar transfer bo'yicha muzokaralarda sezilarli ilgarilashga erishgan.
"Burgutlar" fransiyalik 26 yoshli futbolchini kamida 55 million funt sterlingga baholamoqda.
Shu sababli "Kristal Pelas" Lakrua bo'yicha ham shunga yaqin mablag'ni talab qilmoqda. Xabar qilinishicha, tomonlar yaqin kunlarda o'zaro murosaga kelishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Lakrua barcha turnirlar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.