«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubidan hujumchi Karim Adeyemi transferini rasman e'lon qildi.
Klub xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. 24 yoshli germaniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
«Barselona» rasmiy bayonotida Adeyemining hujum chizig‘idagi universalligi alohida ta'kidlangan.
«Karim Adeyemi jamoamizga tezkor va serqirra hujum salohiyatini olib keladi. U faoliyati davomida qanotlarda ham, markaziy hujumda ham samarali harakat qila olishini namoyish etdi. Uning yuqori tezligi va kuchli chap oyog‘i jamoamiz uchun muhim qurol bo‘ladi», — deyiladi klub bayonotida.
2025/26 yilgi Bundesliga mavsumida Adeyemi 28 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. UEFA Chempionlar ligasida esa u 9 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.
Qayd etish joiz, Adeyemi Myunxenda nigeriyalik ota va ruminiyalik ona oilasida tavallud topgan. U «Barselona»ning yozgi transferlar oynasidagi eng muhim xaridlaridan biri bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi