Live
15
O'zbek

«O‘rozov transferi bo‘yicha kutyapmiz» — Abramov g‘alaba, chetlatish, Amonovning jarohati va Hojimirzayev haqida

Futbol
23 iyul, 15:14
"Dinamo" bosh murabbiyi "Surxon"ga qarshi bahsdan soʻng jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«O‘rozov transferi bo‘yicha kutyapmiz» — Abramov g‘alaba, chetlatish, Amonovning jarohati va Hojimirzayev haqida
Фото: Динамо ПФК
23.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 1 : 2 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Superliga 13-turi doirasidagi "Surxon" - "Dinamo" (1:2) oʻyinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov erishilgan qiyin gʻalaba haqida fikrini bildirdi.

"Surxon" jamoasini oʻyinni nazorat qilishni yaxshi koʻradigan jamoa sifatida bilardik. Tezkor gol urdik, ammo chetlatishdan keyin raqib oʻyinni nazorat qildi. Yigitlarga gʻalaba uchun alohida rahmat, muxlislarga ham qoʻllab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman. Aslida birinchi boʻlimdayoq qator hujumlar bilan oʻyin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik. Yakunda esa ogʻir oʻyinda 3 ochkoni qoʻlga kiritdik.

Raul Jepárov yomon oʻynamadi, ammo chetlatishdan keyin uni tajribaliroq futbolchiga almashtirdik.

Superligada ketma-ket 3-gʻalaba? Mavsum boshida koʻp ochko yoʻqotdik, endi esa oʻrnini toʻldirishimiz kerak.

Azizbek Amonovning jarohati? U "Qizilqum" bilan oʻyinda jarohat oldi. Fikrımcha, u bir oylarga safdan chiqdi.

"Qoʻqon-1912"ni magʻlub etsak yuqori oʻrinlarga chiqamiz? Oʻzi nechta tur qoldi yana? Hammasini yutsak chempion boʻlamiz. Bunday gaplarni chetga surib, oʻyindan oʻyinga tayyorlanish va ochkolarni ishlash kerak. Hamma oʻyin juda ogʻir oʻtmoqda.

Oʻrozov? Jahongir masalasida kutyapmiz, qanday kelishishadi, koʻramiz. Hozir toʻp "Rubin" tomonida deyishim mumkin. Oʻyinchi bilan qanday kelishishadi, koʻramiz. Kelishishsa, u oʻtadi, aks holda bizda qoladi.

Moliyaviy holat oʻzgarganmi? Menimcha, hamma bu haqda gapiryapti, bizda hammasi oʻshandek.

Hojimirzaevning dublı? Mavsum oldidan deyarli 6 futbolchimiz milliy jamoalarda edi. Ehtimol, yakunda uning milliy jamoa roʻyxatidan oʻrin olmagani ruhiy taʼsirini oʻtkazgandir. Anvar jahon chempionatiga bora olmaganiga toʻgʻri reaktsiya qilyapti va munosib oʻynayapti, uning uchun xursandman", - dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar