Bugun Superligada 13-turga yakun yasaldI. Samarqandda «Dinamo» nominal mehmon, «Surxon» esa nominal mezbon maqomida o'ynadi.
Qiziqarli o'tgan uchrashuvda termizliklar 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'tgan turda Andijonda ular xuddi shu hisob bilan g'alaba qozonishgandi.
Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yurishining yana bir isboti, albatta.
«Surxon» jamoasi ustozI Anvar G'ofurov uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida qatnashdi.
- Juda yaxshi raqibga qarshi o'ynadik. Yaxshi o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Raqib ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Qaysidir vaziyatlarda bilib o'ynashdi. «Surxon» futbolchilari ko'p harakat qilishdi. Qaysidir holatlarda omad kulib boqMadi. Ularga harakatlari uchun rahmat aytaman. Borlarini berib o'ynadilar. Lekin futbol shunaqa, agar vaziyatdan unumli foydalanmasang va raqib foydalanib ketsa, katta ehtimol mag'lubiyatga uchraysan. Iloji boricha har bir imkoniyatdan foydalanib, g'alaba qozonishga harakat qilish kerak. O'ylaymanki, kelasi uchrashuvlarda g'alabalarga erishamiz.
- Tarkibdagi ko'p yo'qotishlarga qaramay, «Surxon» yozgi tanaffusdan keyingi chempionatni yaxshi boshladi. Andijondan kutilmagan g'alaba bilan qaytdI. O'sha o'yin bilan taqqoslaganda bugun jamoangizga nima yetishmadi?
- Balki «Andijon» bizdan bunaqa o'yinni kutmagandir. Bu yerda baribir yaxshi mutaxassis ishlaydi. Hamma joyda yaxshi mutaxassislar, lekin, baribir Vadim Karlenovichni juda hurmat qilaman va g'alaba bilan tabriklayman. Vadim Abramov ko'p narsani ko'rgan. Murabbiy va inson sifatida ham hurmat qilaman. Bizni o'yinga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Jamoasi ko'p vaziyatlarda tayyor edi-da. Shunga qaramay, qiyin bo'lsa-da, imkoniyatlar yaratdik. Lekin unumli foydalana olmadik. Bu ham futbolning bir qismi.
- Bugun to'p bilan yaxshi o'ynay oladigan ikkala jamoa to'qnash keldi. «Surxon» raqibning qizil kartochkasidan keyin yaqqol to'pga egalik qildi. Bunday paytlarda asosan individual mahoratga ega bo'lgan futbolchilar vaziyatlarni hal qilib ketishi mumkin? Masalan, «Dinamo»da Anvar Hojimirzayev shu vazifani bajardi. Jamoangizda esa Chineduning o'rni to'ldirilmagani ko'rindi.
- To'g'ri, gapIngizda jon bor. Jamoani yaxshi futbolchi tark etdi. Biroq bu futbol. 11 kishi maydonga tushadi. Boshqa pozitsiyadan yosh o'yinchini kashf qilishga harakat qilamiz. Bu vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Hujumchini o'zimizni ichimizdan yoki imkonI bo'lsa boshqa joydan taklif qilamiz.
- Behruz Karimov bilan bog'liq vaziyatni ko'pchilik so'rayapti. Uning transferi hal bo'ldimi yoki...
- Ko'proq unga dam kerak edi. Balki u yoqda qanakadir muzokaralar bo'lyapti. Bu mening ishIm emas. O'zimni ishIm bor, butun boshli jamoa bor. Mavsum davomida tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ko'proq urg'uni jamoaga qaratyapman. Behruzga omad tilayman. Bizga ko'p yordam berdi, o'yinlarda va g'alabalarda o'z hissasini qo'shdi. Agar imkoniyati bo'lsa, qaysidir yaxshi klubga borib o'ynasa xursand bo'laman.
- «Surxon» o'z maydonida o'ynamayapti, bu klubning doimiy muammosi. Baribir uyda muxlislari ko'z o'ngida o'ynash boshqacha. Jamoa yana Toshkentda o'ynashda davom etadimi yoki uyiga qaytishi mumkinmi?
- Albatta, gapIngizga qo'shilaman. Uyda devorlar ham yordam beradi, deyishadi. Bu to'g'ri gap, isbotini topgan. Bugun ham uyda o'ynagan bo'lsak ham 90 foiz muxlislar «Dinamo»ni qo'llab-quvvatlashdi. Bu o'z so'zini aytdi. Qaysidir vaziyatlarda futbolchilarga ruhiy yordam ham bo'ladi. Biz ham o'zimizda o'ynashni havas qilamiz. Lekin hozir vaziyat shunaqaki, butun O'zbekistonga qaraganda, Termizda ob-havo issiqroq. Maydonga urug' sepilgandi, ammo issiqligi uchun kuydirib yubordi. Shu bois maydon tayyor emas. Men ham uyda, muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashi ostida o'ynashni xohlarDim. Muxlislar «Surxon», «Surxon» deb baqirsa, bu o'yinchilarga qiyin vaziyatlarda kuch beradi. Bu aniq. Shu narsa ham bizga yetishmayapti. Lekin ilojimiz yo'q, shu holatdan ham to'g'ri va unumli chiqishimiz kerak», - deya Anvar G'ofurovning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Anvar G'ofurov: «Maydonga urug' sepilgandi, ammo Termizdagi issiq ob-havo kuydirib yubordi»
Futbol
23 iyul, 14:26
«Surxon» bosh murabbiyi «Dinamo»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Фото: Динамо ПФК
23.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Surxon
1
:
2
Dinamo Samarqand