Live
15
O'zbek

Anchelotti Italiya milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etdi

Futbol
23 iyul, 14:35
Ikki oy avval murabbiy CBF bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi.
Anchelotti Italiya milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etdi
Фото: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini taxminan ikki hafta avval Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan bog'langan. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 67 yoshli mutaxassis Italiya milliy jamoasini qabul qilish taklifini rad etgan.

Manba ma'lumotiga ko'ra, FIGC Anchelottining kelajak rejalari bilan qiziqqan. Shuning uning Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bilan shartnomasini muddatidan avval bekor qilish uchun to'lanishi mumkin bo'lgan tovon puli miqdorini aniqlab olgan.

Qayd etilishicha, Karlo Braziliya milliy jamoasini tark etmasligini ma'lum qilib, ushbu taklifni rad etgan.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2025 yilning may oyidan buyon Braziliya milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Ikki oy avval murabbiy CBF bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar