Niderlandiya milliy jamoasi hujumchisi Memfis Depay yana Fransiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 32 yoshli futbolchining xizmatlariga «Renn» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi tajribali hujumchini yozgi transfer oynasi yakuniga qadar oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda.
Hozirda Depay Braziliyaning «Korintians» klubida toʻp tepadi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, Memfis ilgari Fransiya chempionatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. U 2017–2021 yillar davomida «Lion»da oʻynagan.