"Arsenal" klubi "Nyukasl" yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "to'pchilar" braziliyalik futbolchining transferi uchun 70 million funt taklif qilishga tayyor. "Qarg'alar" bunga qanday javob qaytarishi ma'lum emas.
Gimaraes o'tgan mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Bruno 2022 yildan buyon "Nyukasl" safida to'p tepmoqda. Faoliyati davomida u "Audaks", "Atletiko Paranaense" va Fransiyaning "Lion" klublarida ham o'ynagan.