Bugun
59
O'zbek

«Nyukasl» Alaji Bamba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Futbol
23 iyul, 08:01
«Monako» yarimhimoyachisi Angliyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l olmoqda.
«Nyukasl» Alaji Bamba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Nyukasl» «Monako» yarimhimoyachisi Alaji Bamba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ham xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, transfer qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 40 million yevrodan biroz ko‘proqni tashkil etadi.

20 yoshli futbolchi Angliyaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va «Nyukasl» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun ruxsat olgan.

Alaji Bamba tayanch yarimhimoyachisi sifatida ham, markaziy yarimhimoyada ham harakat qila oladi. U 2025/26 yilgi mavsumda «Monako» asosiy jamoasi safida 25 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar